AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurashi shtabi a`zosi Barno Abdusamatovaning aytishicha, karantin qoidalari yumshatilgani odamlarni xotirjamlikka emas, aksincha, sergaklikka chorlashi kerak.
-- Chunki endi uyda, ishda, ko`chada, bozorda boshqa odamlar bilan ko`proq yuzma-yuz bo`lishadi. Kornovirus infeksiyasi esa o`ta kontagiozligi bilan xavfli. U juda tez tarqaladi va agressiv. Dunyo bo`ylab kundan kunga kasallangan va vafot etganlar soni ortib bormoqda.
Dunyo tajribasida ko`rinmoqdaki, har qanday cheklovdan ko`ra, odamlar orasidagi karantin madaniyati koronavirusni oldini olishda samaraliroq bo`lib qolmoqda. Bundan keyin har bir inson pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o`rganishi, unga moslashishi kerak.
Agarda biz barcha sanitariya gigena qoidalariga rioya qilsak, ya`ni qo`lni sovun bilan tez tez yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirsak, tibbiy niqoblardan to`g`ri foydalansak va ijtimoiy masofani saqlasak karantin qoidalarini kuchaytirishga hojat qolmaydi, dedi mutaxassis.