Unga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari qabul jarayonini bir yilda ikki marotaba – 15 oktyabrgacha hamda 15 fevralgacha amalga oshirishni taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, qarorda qabul parametrlarini Vazirlik bilan kelishish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, loyihada quyidagilar kiritilgan:
- abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish va bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazishni davlat ta’lim tashkilotlariga belgilangan talablar asosida amalga oshirish;
- nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni boshqaruvchi hamda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi axborot tizimining mavjud bo‘lishi.
Bunda nodavlat ta’lim tashkiloti o‘z axborot tizimini Vazirlikning ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimlariga integratsiya qilishi shartligi belgilanadi.
- amaldagi litsenziya asosida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu qo‘shimcha litsenziya talabi kuchga kirgan vaqtdan boshlab 5 yil ichida mulk huquqi asosida zarur bino va inshootlarga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mazkur talab Prezident qarorlari asosida faoliyati tashkil etilgan ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Shuningdek, oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Muhokamalarda ushbu havola orqali ishtirok etish mumkin.