Rossiya Federasiyasi hududida qonuniy yashash va ishlash istagidagi chet el fuqarolari uchun 2015 yilda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo`yicha majburiy imtihon joriy etilgan edi.Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi. Joriy yilda 5 yil avval berilgan sertifikatlarning amal qilish muddati tugaydi. O`zbekiston Respublikasi fuqarolari endilikda mamlakatdan chiqmasdan turib imtihon topshirishi mumkin. Imtihonlarni o`tkazish bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi test markazlari butun respublika bo`ylab joylashgan. |
11.11.2020 23:24
Patent uchun imtihonlarni O`zbekistonda topshirish mumkin
