Chorshanba kuni xabar qilingan so`nggi statistikaga binoan, Buyuk Britaniya koronavirus bilan bog`liq 50000 dan ortiq o`lim xolati qayd etilgan dunyodagi beshinchi mamlakatga aylandi, deya xabar bermoqda.
Buyuk Britaniya hukumatining ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda so`nggi 28 kun ichida virus aniqlangan 595 kishi hayotdan ko`z yumgan, bu may oyidan beri eng yuqori kunlik ko`rsatkich. Shunday qilib, Buyuk Britaniyada koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 50 ming 365 kishiga etdi.
Jons Xopkins universiteti tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniya Qo`shma Shtatlar, Braziliya, Hindiston va Meksikadan keyingi eng ko`p o`limlar soni bo`yicha dunyoda 5-o`rinda turibdi.
Evropadagi boshqa davlatlar singari, Buyuk Britaniya ham pandemiyaning ikkinchi to`lqini yuz bermoqda va hukumat so`nggi bir necha hafta ichida vaziyatning nazoratdan chiqib ketishini cheklash maqsadida yangi cheklovlarni joriy qildi. Angliya hozirda 2-dekabrgacha davom etadigan karantin rejimida yashamoqda.