1

Endi telefonga tasvirga olingan yo`llardagi qoidabuzarliklar uchun ham haydovchilarga jarima qo`llaniladi

Jamiyat 12.11.2020, 12:32
Endi telefonga tasvirga olingan yo`llardagi qoidabuzarliklar uchun ham haydovchilarga jarima qo`llaniladi

2021 yil 1 yanvardan boshlab Telefonga tasvirga olingan yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun ham haydovchilarga jarima yoziladi.

Hukumatning tegishli qarori (№713, 11.11.2020y) bilan yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid amaldagi tartibga o‘zgarish kiritildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab videoregistratorlar bilan birga videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari aks etgan videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan videoyozuvlarga tenglashtiriladi hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ilgari faqat videoregistratorda tasvirga tushirilib, yuborilgan tasvirlargina ko‘rib chiqilar, lekin boshqa videotexnikalar, xususan mobil telefonlarda olingan videolar jarima qo‘llash uchun asos bo‘la olmas edi.

Fuqarolar huquqbuzarlik tasvirga tushirilgan videolarni ejarima.uz sayti orqali vakolatli organga yuborishlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1