1

Surxondaryoda prokuratura xodimlari ishtirokidagi baxtsiz hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 12.11.2020, 15:48
Surxondaryoda prokuratura xodimlari ishtirokidagi baxtsiz hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi

2020 yil 7 noyabr soat 21:30 larda Surxondaryo viloyati prokuraturasi haydovchisi O`.Kattaev xizmat avtomashinasida Termiz tumanidan Termiz shahri tomonga harakatlanib kelayotgan bo`lgan.

Avtomobil Termiz tumani hududidagi Termiz–Uchqizil temir yo`l bekatlari oralig`ining 57-kilometrining 9-piketida joylashgan qo`riqlanmaydigan temir yo`l kesishmasidan o`tayotganda, ehtiyotsizlik oqibatida harakatlanib kelayotgan rezerv teplovoz bilan to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir etgan.

Baxtsiz hodisa oqibatida O`.Kattaev va old o`rindiqdagi viloyat prokuraturasi bo`lim katta prokurori B.Ergashev hodisa joyida vafot etgan. Shuningdek, orqa o`rindiqda bo`lgan viloyat prokurori o`rinbosari X.Kulliev tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan 8 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Odam o`limiga sabab bo`lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar qildi. 
""Darakchi" tahririyati jamoasi marhumlarning oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1