AsosiyJamiyat

Prezident Qashqadaryodagi pedagog va shifokorlardan kutayotganlari haqida ko`nglidagi gaplarni aytdi

'Prezident Qashqadaryodagi pedagog va shifokorlardan kutayotganlari haqida ko`nglidagi gaplarni aytdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Qarshi shahrida qashqadaryolik o`qituvchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

Ma`lumki, 30 oktyabr kuni ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, 6 noyabrda esa sog`liqni saqlashning birlamchi bo`g`inini tubdan o`zgartirish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishlari o`tkazilgan edi. Bu ikki soha bo`yicha Prezidentning alohida farmon va qarori ham qabul qilindi.

Bugungi uchrashuvda ta`lim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, joylarda amalga oshirish choralari haqida so`z bordi.

- Bu ikki sohani rivojlantirmasdan turib raqobatbardosh mamlakat bo`la olmaymiz. Kelajakni sog`lom millat, bilimli avlod quradi, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Qayd etish joizki, Qashqadaryoda maktablar ahvoli ham, tibbiy xizmat sifati ham qoniqarsiz. Muammolar juda ko`p. Ota-onalar ta`lim tizimidan norozi. Aksariyat aholining turmush tarzi, ovqatlanish rasioni to`g`ri emas. Shu bois bu sohalarda boshlangan islohotlar  viloyat uchun o`ta muhim va zarur.

Shavkat Mirziyoev bu boradagi yangi ish tizimidan maqsadi, pedagog va shifokorlardan kutayotganlari haqida ko`nglidagi gaplarni aytdi. Maktab direktorlari, o`qituvchilar,  tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalarini eshitib, takliflarini qo`llab-quvvatladi.

- Ta`limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap, natijasi tez ko`rinmaydi. Buning uchun mashaqqatli mehnat, katta fidoyilik kerak. Boshlangan islohotlarning amalga oshishi, xalqimizning rozi bo`lishi shunga bog`liq. Bu yo`lda sizlarga ishonaman, suyanaman, - dedi Prezident.

 

 


 

    Boshqa yangiliklar