AsosiyJamiyat

Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og`irlashgani yoki o`z joniga qasd qilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi

'Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og`irlashgani yoki o`z joniga qasd qilgani haqidagi xabarlarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar Zangiotadagi koloniyada Gulnora Karimovaning salomatligi yomonlashgani, u o`pka yallig`lanishi tashxisi bilan sanitariya qismiga yotqizilgani, koronavirusga chalingan bo`lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

12 noyabr kuni o`tkazilgan matbuot anjumanida mutasaddilar Gulnora Karimovaning koronavirusga chalingani, ahvoli og`irlashgani yoki o`z joniga qasd qilgani haqida tarqalgan xabarlar qanchalik haqiqat ekani haqidagi savolga javob berdi.

Xususan, Senat raisi Tanzila Norboeva bu gaplarni “mish-mishlar” deb atadi.

“Bularning bari mish-mishlar, asoslanmagan faktlar”, dedi Tanzila Norboeva. “O`z joniga qasd qildi degan yoki boshqa noxush holatlar haqidagi gaplar asossiz. Gulnora Karimova sud tomonidan belgilangan jazo muddatini o`tamoqda”, deya qo`shimcha qildi IIV polkovnigi Umida Abdullaeva.

Tadbir O`zbekiston Gender tenglikni ta`minlash masalalari bo`yicha komissiyasining faoliyati, xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va ularga nisbatan zo`ravonlikning oldini olish masalalari yuzasidan matbuot anjumani bo`lgani tufayli Norboeva shunday qo`shimcha qildi:

“Ayol sifatida qanday baho deb so`ralsa, hozir tenglik to`g`risida gapiryapmiz, ayolmi, erkakmi, jinoyat qilsa teng javob berishi kerak".

 

    Boshqa yangiliklar