AsosiyJINOYAT

Namanganda o`smir yigit sevgan qizini rashq qilib jinoyatga qo`l urdi(foto)

Namangan viloyati. Jinoyat ishi hujjatlariga ko`ra, voyaga etmagan (16 yoshli) Xamidullo R...

'Namanganda o`smir yigit sevgan qizini rashq qilib jinoyatga qo`l urdi(foto)'ning rasmi

Namangan viloyati. Jinoyat ishi hujjatlariga ko`ra, voyaga etmagan (16 yoshli) Xamidullo R. 2020 yilning 07 noyabr kuni soat 22:30 larda Namangan shahar “Soxil” MFY hududida bo`la turib maktabdoshi, voyaga etmagan (17 yoshli) G`iyosiddin N. bilan “Nega meni yaxshi ko`rgan qizimga SMS jo`natding” deb, o`zaro janjallashib, uni qorin sohasiga pichoq bilan bir marotaba qasddan urib, tan jarohati etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa sodir bo`lgan joyga zudlik bilan etib borgan tergov-tezkor guruhi, joyni ko`zdan kechirib, Bodomzor ko`chasidan oqib o`tuvchi ariq bo`yidan tan jarohati etkazishda foydalangan bir dona yog`och sopli oshxona pichog`i hamda hodisa joydagi qon dog`lariga o`xshash dog`larni aniqlanib prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Tibbiy ma`lumotnomaga ko`ra, jabrlanuvchining badanida qorindagi sanchilgan, kesilgan tarzidagi jarohati bo`lib, charvi inventarizasiyasi, jarohatidan qon sizib chiqishi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar bo`yicha IIO FMB 2-sonli IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan fuqaro Xamidullo R., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgangan.

Biroq, joriy yilning 09 noyabr kuni ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan jabrlanuvchi kasalxonaning jonlantirish bo`limida olgan og`ir tan jarohati oqibatida vafot etgan. 

Hozirda Xamidullo R.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “D” bandi bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo`shimcha axborot berilishi ta`minlanadi.

Boshqa yangiliklar