AsosiyJamiyat

4 ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi

'4 ta OTMda tibbiyot fakultetlari ochiladi'ning rasmi

Prezident farmoniga ko`ra, 2021/2022 o`quv yilidan boshlab mavjud ehtiyojdan kelib chiqib:

Qarshi davlat universiteti,  

Jizzax davlat pedagogika instituti,  

Navoiy davlat pedagogika instituti,

Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi.

Shuningdek, ularda va boshqa tibbiy oliy ta`lim muassasalarida etakchi xorijiy tibbiyot oliy ta`lim tashkilotlari bilan qo`shma dasturlari asosida o`qitish tizimi joriy qilinishi belgilangan.

tibbiyot oliy ta`lim tashkilotlarining viloyat tibbiyot muassasalari, oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda klinik bazalari tashkil qilinadi va ularning bitiruvchi kurs talabalari ushbu klinik bazalarda o`quv amaliyotini o`taydi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sog`liqni saqlash vazirligi Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflariga asosan texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning o`quvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot o`taydi.

    Boshqa yangiliklar