AsosiyJamiyat

Tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bo`lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlandi

'Tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bo`lmagan ishlarga jalb qilish taqiqlandi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, Prezident farmoniga ko`ra, tibbiyot xodimlarini qo`yidagilarga jalb qilish taqiqlanadi:

- Tibbiyot xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan barcha turdagi ishlarga jalb qilish;

- tibbiyot xodimlarini ularning kasbiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan yig`ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish.  

 Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tuman va shahar hokimlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari mazkur talablar buzilgan hollarda tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat`iy ogohlantiriladi. Aybdor shaxslarning javobgarlikka tortilishini ta`minlashni Bosh prokuratura hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nazoratga oladi.

Bundan tashqari hujjatga binoan ish beruvchilarning xodimlari tibbiy tekshiruvlardan o`tishidagi mas`uliyati orttirilgan hamda mehnat sharoitlarini maxsus baholash tizimini joriy qilish shartlari ham qayd etilgan.  

Tizimda  “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish ko`zda tutilgan, deyiladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar