AsosiyJamiyat

Oilaviy shifokorlarga 30 million so`m beriladi

'Oilaviy shifokorlarga 30 million so`m beriladi'ning rasmi

Prezident farmoniga ko`ra, 2021 yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun maxsus dastur joriy qilinadi. Uning doirasida:

Tibbiyot oliy ta`lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so`m miqdorida bir martalik pul mablag`lari beriladi.  

Shuningdek, uy-joyi bo`lmaganlarga 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara to`lovlari kompensasiya qilinishi nazarda tutilgan.  

Tuman hokimlari va tijorat banklari bilan birga ipoteka dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinayotgan shifokorlar uchun ajratishi belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar