AsosiyJamiyat

100 dan kam ball to`plaganlar ham o`qishini tibbiyot yo`nalishiga ko`chirishi mumkin

'100 dan kam ball to`plaganlar ham o`qishini tibbiyot yo`nalishiga ko`chirishi mumkin'ning rasmi

Endi 100 dan kam ball to`plaganlar ham o`qishini tibbiyot yo`nalishiga ko`chirishi mumkin.

56,7 dan ko`p va 100 balldan kam to`plagan yoshlarga ham o`qishini tibbiyot yo`nalishiga ko`chirishga ruxsat berildi.

Davlat qabul komissiyasining qaroriga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi tizimidagi OTMlarga o`qishini ko`chirish uchun ro`yxatdan o`tgan va o`tkazilgan onlayn test sinovlari natijalariga ko`ra 56,7 ball va undan yuqori ball, ammo, Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan o`tish balidan (100 ball) kam ball to`plagan fuqarolarning o`qishini ularning arizalariga muvofiq Qoraqalpog`iston va viloyatlarda joylashgan tibbiyot OTMlarning mos yoki turdosh bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga ko`chirishga ruxsat berildi.  

Ana shunday talabalar bo`lsa, 5 kun ichida Sog`liqni saqlash vazirligiga ariza topshirishi kerak.

    Boshqa yangiliklar