AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qarshidagi ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi

'Shavkat Mirziyoev Qarshidagi ko`p qavatli uylarni borib ko`rdi'ning rasmi

Qarshi shahrining Navo mahallasida 7 ta 16 qavatli uy qurilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev mazkur turar joylarni ko`zdan kechirdi.

Bu hududda jami 39 ta ko`p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan bo`lib, besh bosqichda amalga oshiriladi.

Ayni paytda, birinchi bosqichda 3 ta turar joy qurib bitkazilgan. Bunyodkorlikda seysmologiya va arxitektura talablariga alohida e`tibor qaratilgan. Sifatli, energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Xonadonlarning har biriga alohida suv isitish moslamalari o`rnatilgan.

Davlatimiz rahbari uylarning qurilish texnologiyasi va sifatiga e`tibor qaratdi. Yong`in xavfsizligini, kommunal xizmatlar barqarorligini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha ko`rsatmalar berdi.

Hudud obodonlashtirilgan, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yana 4 ta ko`p qavatli uyni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish mo`ljallangan.

Shuningdek, 1680 o`rinli maktab, 2 ta maktabgacha ta`lim muassasasi, poliklinika, supermarket, sport maydonlari, istirohat bog`i va boshqa ob`ektlar barpo etiladi.

Bu erda avtomobil yo`llari qurish va ta`mirlash, Qarshi shahrida isitish, ichimlik suvi va kanalizasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti o`tkazildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning Qashqadaryo viloyatiga safari yakunlandi.

 


 

    Boshqa yangiliklar