Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 17:00 larda, Uchqo`rg`on tumani "Uchqo`rg`on-Bo`ston" yo`lining 7 km.da "Neksiya" rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada jabrlanuvchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Ushbu holat yuzasidan Uchqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deya xabar berdi.