Ispaniyada ocharchilik boshlandi. Koronavirusning birinchi to`lqini avj olganda karantin munosabati bilan ishlar vaqtincha to`xtatilgani sababli ochlar ko`paygan bo`lsa, ayni paytda ko`plab ish o`rinlari qisqargani bois Madridning yuzlab aholisi bepul ovqat uchun navbatga turishdi.
Faqatgina oxirgi ikki oy ichida Ispaniyaning mehnat bozori 450 ming ish joyiga qisqargan. Ayni paytda 2 million 800 ming ispaniyaliklar daromadsiz.
Qizil Xoch va mahalliy xayriya uyushmalari tomonidan beriladigan oziq-ovqatlar, bepul ovqatlanish markazlari ko`pchilik uchun oilasini boqish uchun so`nggi imkoniyat – bo`lib qolmoqda.






