AsosiyDunyo

Braziliyadan Xitoyga olib kelingan mol go`shtida koronavirus aniqlandi

'Braziliyadan Xitoyga olib kelingan mol go`shtida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

13 noyabr kuni Xitoyning Uxan shahrida Braziliyadan keltirilgan mol go`shti qadog`ida koronavirus aniqlandi, deb xabar bermoqda internet manbalar asosida Tarjumon

Xitoy hukumati shu haftada butun mamlakat bo`ylab muzlatilgan mahsulotlarni tekshiruvdan o`tkazish ishlarini kuchaytirdi, deyiladi xabarda.

Uxan shahar sog`liqni saqlash komissiyasi o`z veb-saytida bergan bayonotida Braziliyadan keltirilgan muzlatilgan,  suyaksiz mol go`shtining tashqi qadog`ida uchta koronavirus namunasini topganlini aytdi. Ushbu go`sht Xitoy hududiga Sindao porti orqali 7 avgust kuni kirib kelgan va 17 avgust kuni Uxan shahriga etib borgan. Mol go`shti shu paytgacha Uxandagi muzlatgichda saqlangan. Ushbu holatdan keyin mazkur korxonada ishlovchi 100 kishi koronavirusga test topshirgan.

Koronavirus o`tgan yilning dekabr oyida Uxanda paydo bo`lgan edi. Xitoy hukumati ushbu epidemiyani bartaraf etish uchun qat`iy choralarni ko`rdi. Xitoy iyun oyi boshidan beri chet eldan import qilingan oziq-ovqat mahsulotlarini ham tekshirishni boshlagan. Shundan keyin sentyabr oyigacha import qilingan 3 millionta oziq-ovqat mahsuloti tekshirildi va ularning atigi 22 tasida koronavirus aniqlangan.

Ammo, yaqinda portda ishlovchi bir qancha ishchilar COVID-19 ga chalingani uchun Xitoy hukumati xorijdan keltirilgan mahsulotlar bo`yicha tekshiruvlar va dezinfeksiya ishlarini kuchaytirgani aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar