3 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovi bo`lib o`tganidi. Murosasiz kechgan ushbu “jang”da oxir-oqibat Jo Bayden g`alaba qozondi. Shundan keyin bir qancha mamlakatlar Baydenni tabrikladi. 13 noyabr kuni Xitoy hukumati ham Baydenga tabriknoma yo`lladi.
“Biz Amerika xalqining tanlovini hurmat qilamiz. Biz janob Bayden va Xarris xonimni tabriklaymiz. Biz AQSh saylovlari natijalari qonunlarga muvofiq aniqlanishini tushunamiz” dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin brifingda.
Bugungi kunda kelib Xitoy va AQSh o`rtasidagi munosabatlar so`nggi o`n yilliklardagi eng yomon ahvolga kelib qoldi. Bu ikki gigant mamlakat texnologiya va savdo-sotiqdan tortib Gongkong va koronavirusgacha bo`lgan masalalarda tortishuvlar olib borishmoqda. Tramp boshqaruvidagi hukumat ham Pekinga qarshi juda ko`plab sanksiyalarni joriy qildi.
AQShdagi saylovdan keyin Tramp natijalarni tan olishni istamadi va bir qancha shtatlarda saylov byulletenlari qayta hisoblab chiqilishi ma`lum qilingandi. Shu sababli hozirgacha Xitoy va Rossiya Baydenni tabriklashga shoshilmayotgandilar.






