Prezident qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini) aniqlash bo`yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o`tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi.
Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo`limlari ko`p tarmoqli markaziy poliklinikalar binolarida joylashadi hamda ularning xodimlari fuqarolarga tibbiy-profilaktik xizmatlar (maslahatlar, ko`riklar va boshqalar) ko`rsatadi.
Sog`lom turmush tarzini olib borishga bag`ishlangan markaziy, hududiy va nodavlat telekanallarda “Salomatlik soati” va boshqa maxsus teleko`rsatuvlar tashkil qilinadi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya tashkil qilindi.
Sog`liqni saqlash vazirligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.






