AsosiySport

Chempionlik uchun konvert

1993 yilning may oyida «Marsel» klubi navbatdagi chempionlik unvoniga juda yaqin turgandi.

Buning uchun jamoa a`zolari «Valansen»ni mag`lub etishsa, bas edi. Kutilganidek, uchrashuvda «Marsel»ning qo`li baland keldi. Ammo keyinroq ma`lum bo`lishicha, marselliklar g`alabaga g`ayriqonuniy yo`l bilan erishishgan ekan.Bu haqda InterFUTBOL gazetasining navbatdagi soniga asoslanib yozadi Uff.uz.

Gap shundaki, natijadan shubhalangan fransuz polisiyasi Kristof Roberning o`yini tintuv qilib, pul solib qappaytirilgan kattagina konvert topib oladi. «Valansen» sardori harchand urinmasin, oxir-oqibat, bu pullar «Marsel»dan olingan pora ekaniga iqror bo`ldi. Unga esa pullarni «Marsel» prezidenti Bernar Tapi bergan ekan.

Xullas, sirning oshkor bo`lishi natijasida «Marsel» evrokuboklarda bir yilgacha qatnashish huquqidan mahrum bo`ldi. Shuningdek, klub UEFA superkubogi va qit`alararo kubokdan ham chetlatildi.

    Boshqa yangiliklar