Andijon viloyatida suv oqizib ketgan ikki nafar quqaro qutqarib olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Qo`riqlash xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2020 yilning 13 noyabr kuni soat 09:30 larda Andijon tumani Qoradaryo ustidan o`tuvchi ko`prikdan o`zini suvga tashlagan ayolni ushbu hududga yaqin bo`lgan «Med Siti» davolash maskani shifokori ko`rib qolib, uni qutqarish uchun o`zini suvga tashlaydi.
Suvning tezlik oqimi kuchli bo`lganligi sababli ayol bilan shifokorni ham oqizib ketadi. Shundan so`ng Norin Qoradaryo suv inshooti boshqarmasiga qarashli Kuyganyor suv to`g`onida xizmat olib borayotgan Milliy Gvardiya Andijon viloyati Qo`riqlash boshqarmasi 1-alohida otryadi xodimlari daryoda oqib kelayotgan ikki nafar shaxsni ko`rib qolishadi.
Xodimlar tomonidan ko`rilgan chora natijasida ikki shaxs ham suvdan qutqarilib, hayoti saqlab qolinadi.
Holat yuzasidan tegishli organlarga xabar berilib, ayol shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda Andijon tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






