AsosiyJamiyat

Toshkentdagi poliklinikada tibbiyot xodimi nega bosh vrachning mashinasini yuvganiga izoh berildi

'Toshkentdagi poliklinikada tibbiyot xodimi nega bosh vrachning mashinasini yuvganiga izoh berildi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 33-oilaviy poliklinkada “Yangi O`zbekistonda hamshira va shifokorlar bosh vrach mashinasini yuvadi…” nomli rasm va post e`lon qilingan edi.

 Zamon ushbu post bilan bog`liq xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida mazkur poliklinika bosh vrach o`rinbosari Oydin Holmurodovadan izoh so`radi. Mutaxassis mazkur ma`lumot yolg`on ekanligini, mashina rostan ham bosh vrachga tegishli bo`lib, shu kunga qadar shifokor va hamshiralar mashina yuvish ishlariga xech qachon jalb qilinmaganini aytgan.

O`rinbosar o`sha kuni kichik tibbiyot xodimlari tomonidan poliklinikaning orqa hovlisida hazonlardan tozalash ishlari olib borilganini, tozalashdan so`ng supurgidan to`kilgan has cho`plarni qo`l bilan terayotganida kimdir bu suratni olganini ta`kidladi.

Lekin, "suratga e`tibor berib qaralsa, oq halatdagi tibbiyot xodimlari mashina ustini artayotganini ko`rish mumkin. E`tiborlisi mashina yonida chelak ham bor..." deyiladi xabarda.

Balki ushbu vaziyatda xatolik bo`lganini tan olib, ikkinchi bu ish takrorlanmasligi haqida aytilsa to`g`riroq bo`larmidi. Ishchi-xodimlardan o`z shaxsiy xizmatchisi sifatida foydalanuvchi rahbarlar jamiyatimizda uchrab turadi. 

Har qanday holatda ham jamoatchilik nazorati degan qonun borligi va bugungi kunda u ishlayotganini shunday rahbarlarga eslatib qo`yilgani ibratli bo`ldi har holda.

    Boshqa yangiliklar