AsosiyJamiyat

Namanganda turmushga chiqmagan ayol chaqalog`ini 1 mln 900 so`mga sotdi

'Namanganda turmushga chiqmagan ayol chaqalog`ini 1 mln 900 so`mga sotdi'ning rasmi

 Namangan shahar ichki ishlar organlari xodimlari ma`lumotiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.

Tadbir davomida aniqlanishicha, viloyatning Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yil tug`ilgan ayol 2020 yil 18 may kuni dunyoga keltirgan chaqalog`ini Chortoq tumanida yashovchi, 1969 yil tug`ilgan fuqaroga 1 900 000 (bir million to`qqiz yuz ming) so`mga sotib yuborgan.

Ma`lum bo`lishicha, farzandini sotgan ayol hali turmushga chiqmagan. Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar