AsosiyJamiyat

Namanganda daliliy ashyo bilan qo`lga tushgan maktab o`quvchisiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan

'Namanganda daliliy ashyo bilan qo`lga tushgan maktab o`quvchisiga nisbatan  jinoyat ishi qo`zg`atilgan'ning rasmi

Shu yil 12 noyabr kuni Chust tumanida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 10 noyabr kuni soat 11:00 larda, Chust tumanida joylashgan savdo do`koni eshigini ochiq qoldirganidan foydalangan noma`lum shaxs, do`konda bo`lgan “SAMSUNG J-2” rusumli uyali telefon apparati va 80.000 so`m pullarini o`g`rilab ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Chust tuman IIB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanidagi maktabning 10-sinf o`quvchisi, sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 noyabr kuni O`z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar