AsosiyJamiyat

"G`ofur G`ulom" parki buzilib, o`rniga turar-joy majmualari qurilyaptimi? Muhokama bo`layotgan xabarga vazirlik munosabat bildirdi

'"G`ofur G`ulom" parki buzilib, o`rniga turar-joy majmualari qurilyaptimi? Muhokama bo`layotgan xabarga vazirlik munosabat bildirdi'ning rasmi

Bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlarda  "G`ofur G`ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog`i hududi buzilib, o`rniga turar-joy majmuasi qurilmoqda", degan mazmundagi xabar tarqalmoqda va keng muhokamaga sabab bo`lmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan Madaniyat vazirligi munosabat bildirib, bu asossiz xabar, deya ma`lum qildi. 

"Ya`ni chindan ham bog` hududida ish jarayoni boshlangan. Ammo turar-joy majmualari qurilmayapti, aksincha, bog`da engil konstruksiyali inshootlarni buzish (demontaj) ishlari olib borilmoqda.    

 Ishlab chiqilgan yangi loyihaga ko`ra, bog` hududida turar-joy inshootlari qurilmaydi.

 Shuningdek, ob`ekt hududidagi texnik jihatdan eskirgan atraksion hamda o`yin qurilmalarini olib chiqish bo`yicha barcha tadbirkorlar ogohlantirilgan va ushbu talabga ular tomonidan  e`tiroz bildirilmagan.  

Ta`kidlab o`tamizki, olib borilayotgan rekonstruksiya jarayonida bog` hududidagi suv havzasi, daraxtlar va boshqa o`simliklarga ziyon etmagan, ular doimiy ravishda parvarish qilinmoqda", deyiladi Vazirlik matbuot xizmati taqdim etgan rasmiy munosabatda. 

 

    Boshqa yangiliklar