Ushbu savolga AOKA press-xolida bo`lib o`tgan matbuot anjmumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bosh boshqarma boshlig`i Abduvali Xoliqov javob berdi:
— Oliy ta`lim muassasalari qaysi kursni qachondan boshlash kerakligi bo`yicha to`liq grafigini tayyorladi. 16 noyabr kuni barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi. Buning imkoniyati mavjud emas. Kurslarning muhimlik darajasi bo`yicha ketma-ketlikda an`anaviy ta`limga jalb qilish OTMning o`zining vakolatida.
Talabalarning imkoniyatlari va OTMning imkoniyatlari birinchi navbatda hisobga olinishi kerak. Har qanday sharoitda ham bugungi kunda talabaning yoki OTM xodimining sog`lig`ini o`ylagan holda amalga oshirishimiz kerak. Har bir oliy ta`lim muassasasi mana shu talabga rioya qilgan holda jarayonni boshlayapti.
Agar talabalarning imkoniyatlari mavjud bo`lmasa, o`z xohishi bilan masofaviy ta`limda davom ettirish imkoniyati bor.






