AsosiyJamiyat

Farg`onada otasining "Damas"ida do`konga chiqqan 11 yoshli bola 2 yashar qizchaning o`limiga sababchi bo`ldi

'Farg`onada otasining "Damas"ida do`konga chiqqan 11 yoshli bola 2 yashar qizchaning o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

Shu yilning 10 noyabr kuni Farg`ona viloyatining Bag`dod tumanida otasiga tegishli «Damas» avtomashinasini minib, mahalladagi savdo do`konidan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishga chiqqan 11 yoshli I. qo`shni qizaloq — 2 yoshli I. ni urib yuborgan. Bu haqda Xalq so`zi yozmoqda. 

Avtohalokat natijasida sarosimaga tushib qolgan bolakay voqea joyidan qochib ketgan. Afsuski, jajji qizchaga o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmagani sababli u voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.

Bag`dod tumani IIB Yo`l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ahror Jakbarovning ma`lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, tumandagi umumta`lim maktablaridan birining 4-sinf o`quvchisi bo`lgan bolakay uyi oldida otasi kaliti bilan qoldirgan «Damas»ni ruxsatsiz haydagan va boshqaruvni eplay olmay avtohalokat sodir etgan.

 

    Boshqa yangiliklar