8-20 noyabrda O`zbekiston hududlariga G`arbiy Qozog`iston orqali Ural (Ekaterinburg) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.
18-19 noyabrda respublika bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 18 noyabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba`zi joylarida biroz qor yog`ishi mumkin. 19 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi.
18-19 noyabrda respublikaning tog` hududlarida qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi.
Respublikaning ba`zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
18-20 noyabrda barcha joylarda harorat kechalari 8-13° sovuqgacha, shimolda 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.
O`rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me`yordan 10-15° ga kam bo`lishi kutilmoqda.