AsosiyDunyo

Ko`zi ojiz shoir, o`qituvchi, ishsiz... Qirg`iziston prezidenti lavozimiga 63 kishi nomzodini qo`ydi

'Ko`zi ojiz shoir, o`qituvchi, ishsiz... Qirg`iziston prezidenti lavozimiga 63 kishi nomzodini qo`ydi'ning rasmi

Qirg`iziston Markaziy saylov komissiyasi ushbu respublika prezidenti lavozimiga o`z nomzodlarini ko`rsatmoqchi bo`lgan fuqarolardan hujjatlarni qabul qilishni yakunladi, deb xabar bermoqda asiaplustj.info

Hujjatlarni qabul qilish muddati 14 noyabr kuni yarim tunda yakunlangan. Nomzodlarni ro`yxatdan o`tkazish 2020 yil 14 dekabrda tugaydi.

Avvalroq, Markaziy saylov komissiyasi o`z arizalarini topshirgan 65 nafar fuqaro haqida xabar bergan edi. Biroq, ulardan ikkitasi bayonotlarini qaytarib olishdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Qirg`iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov 2021 yil 10 yanvar kuni bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun MSKga hujjatlarni taqdim etgan edi.

    Boshqa yangiliklar