AsosiyJamiyat

Namanganda fermer xo`jaligi shiyponidan 8 yoshli bolaning jasadi topildi

'Namanganda fermer xo`jaligi shiyponidan 8 yoshli bolaning jasadi topildi'ning rasmi

Namangan viloyati Norin tumanida yosh bola javsadi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 15 noyabr kuni soat 20:30 larda Norin tumani, Norinkapa mahallasi hududida joylashgan “Qambarali ota nabirasi Baxtiyor” fermer xo`jaligining dala shiyponi o`tin xonasidan 8 yoshli maktab o`quvchisi I.U.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Shu kunning o`zida viloyat prokuraturasi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda fosh etish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar