AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonidan o`tuvchi haydovchilar xavfdan ogohlantirildi

'"Qamchiq" dovonidan o`tuvchi haydovchilar xavfdan ogohlantirildi'ning rasmi

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi Gidrometeorologiya markazi bergan xabarga tayanib, 8-19 noyabrda A-373 “Toshkent-O`sh” avtomobil yo`lining Qamchiq dovoni qismida harakatlanuvchi haydovchilarni sodir bo`lishi mumkin bo`lgan xavfdan ogohlantirdi.

Xabarga ko`ra, 2020 yil 18-19 noyabrda  Qamchiq dovonida qor, vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog`ishi,tuman tushib, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 17-22 m gacha kuchayishi, yo`lda qor uyumlari, yaxvonlik hosil bo`lishi kutilmoqda.

18 noyabrdan havo harorati pasayadi, 19-20 noyabrga kelib harorat kechasi 15-18 darajagacha kunduzi 9-12 darajagacha pasayadi.  

    Boshqa yangiliklar