AsosiyJamiyat

Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi odatiy ish faoliyatiga qaytdi

'Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi odatiy ish faoliyatiga qaytdi'ning rasmi

 Yurtimizga koronavirus infeksiyasi ilk bor qayd etilgan shu yilning 15 martidan beri kasallikni davolash bilan shug`ullanib kelayotgan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi kasallik hajmining kamayishi sababli shu oyning boshidan odatiy ish faoliyatiga qaytdi

200 o`ringa mo`ljallangan shifoxona surunkali gepatit, sirroz va boshqa turdagi infeksion kasalliklarga chalingan bemorlarga xizmat ko`rsatadi. Shifoxona dunyo talablariga javob beradigan noyob laboratoriya qurilmalari bilan jihozlangan. Bundan tashqari klinikada kuniga 250 qatnovga mo`ljallangan poliklinika ham ishlab turibdi.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasi ham odatiy ish faoliyatiga qaytib, koronavirusdan boshqa turdagi yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy xizmat ko`rsatishga o`tgan.

 
 

Boshqa yangiliklar