Eron hukumati virus tarqalishini kamaytirish uchun cheklov choralarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Mamlakatda so`nggi kecha-kunduzda, ya`ni 15 noyabr kuni koronavirus bo`yicha bir yo`la bir nechta antirekord qayd etildi. Jumladan bir kunda 13 053 kishining kasallangan va 486 kishi vafot etgan.
Eron Sog`liqni saqlash vaziri Sima Sadatning aytishicha, ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 775 121 ta, qurbon bo`lganlar soni esa 41 979 kishini tashkil qilmoqda.
Ayni paytda Eron Yaqin Sharqda COVID-19 dan eng ko`p aziyat chekayotgan mamlakat hisoblanadi.
Mamlakatda 21 noyabrdan boshlab poytaxt Tehron va yana 100 ta shaharda cheklovlar joriy qilinishini ma`lum qilgan. Unga ko`ra, ushbu shaharlarda muhim bo`lmagan tadbirkorlik faoliyati to`xtatiladi.
Tibbiyot sohasi rasmiylari aholini ijtimoiy masofalanish va niqob taqish kabi ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirib, mamlakatni “oldinda qiyin oylar kutib turgani” haqida ogohlantirishgan.





