AsosiyDunyo

Amerikaning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasining 95% samaradorligini da`vo qilmoqda

'Amerikaning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasining 95% samaradorligini da`vo qilmoqda'ning rasmi

Amerikaning Moderna kompaniyasi yangi koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarining uchinchi bosqichida 94,5% samaradorligini ko`rsatganligini e`lon qildi.

Uchinchi bosqichda 30 ming kishida sinovlar o`tkazilgan. Vaksinaning ikkinchi dozasidan ikki hafta o`tgach, tadqiqotning 95 ishtirokchisi kasal bo`lib qolgan, ulardan 90 nafari plasebo va beshtasi vaksinani qabul qilishdi, deyiladi kompaniya press-relizida.

Moderna`dan olingan vaksina mRNA-1273 deb nomlanadi. Bu RNK vaksinasi - ribonuklein kislota virusli S-oqsilni ishlab chiqaruvchi sifatida rol bajaradi. U Pfizer va BioNTech vaksinalariga o`xshab ishlaydi.

 Pfizer va BioNTech vaksinalarining BNT162b2 koronavirusga qarshi emlash bosqichlari klinik sinovlarida 90% samarali ekanligini e`lon qilingan. 

«Sputnik V» nomli koronavirusiga qarshi Rossiya vaksinasi ishlab chiquvchilari ham uning samaradorligini 92% deb baholadilar.

VAKSINALAR VA ULARNING SAMARALARI HAQIDA 

 Pfizer va BioNTech vaksinalarining "90% samarali" ekanligidan hamma xursand. Ammo ularni joriy qilishdan oldin bir nechta savollar mavjud.

Meduzaning maxsus muxbiri Svetlana Reyter Rossiyada Covid-19 vaksinasini olgan odamlar bilan surishtiruv o`tkazishda davom etmoqda. Ular o`zida sinagach, qanday ta`sir qilgani bo`yicha savollar bermoqda.

Mana, Amerikaning Moderna kompaniyasi ham koronavirusga qarshi vaksinasining muvaffaqiyatli sinovlari haqida e`lon qildi. Ammo uning o`ziga xos xususiyati nimada? Uning muvaffaqiyati nimani anglatadi?

Xullas, vaksinalar borasida savollar ko`p, ammo javoblar hozircha yo`q. Masalan, dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksina Rossiyada ro`yxatdan o`tganligi haqidagi xabar berildi. U haqiqatan ham birinchimi? Vaksinalarning qay biri ishonchli? Men qachon emlanishim mumkin? 

Bu savollar har bir insonda tug`layotgan bo`lsa ajabmas. 

    Boshqa yangiliklar