AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi e`lon qilindi

'Bugun O`zbekistonda ob-havo qanday bo`lishi e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 17-noyabr kuni uchun ob-havо ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 4-6° iliq bo`ladi.

 

QORAQALPOG`ISTON VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

 

TOShKENT, SIRDARYo, SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

 

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba`zi joylarda 1-3° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

 

**RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar