Aqto`be viloyatidagi fermer xo`jaligi rahbari 58 yoshli O`zbekiston fuqarosini ekspluatasiya qildi, deb yozadi Tengrinews.kz.
"Aqto`be viloyatida dehqon xo`jaligining boshlig`i O`zbekiston fuqarosining hujjatlarini olib, jismoniy zo`ravonlik bilan tahdid qilib, bir yil davomida qullikda saqlagan", degan Ichki ishlar vazirligidagi brifingda matbuot xizmati vakili Komil Galiev.
Jabrlanuvchi molxonada yashagan, mol boqqan va unga qarab turgan. Ushbu fakt bo`yicha Jinoyat kodeksining 128-moddasi "Odam savdosi" bo`yicha sudgacha tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






