Maktabgacha ta`lim vazirligining Open Emis tizimida nosozliklar kuzatilayotgani sababli ayni damda bolalarni davlat bog`chalariga navbatga qo`yish, arizalar holatini tekshirish, yo`llanma berish xizmatlaridan foydalanish imkoni mavjud emas. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar qilmoqda.
"Ushbu muammo bartaraf etilishi bilan bu haqida xabar beramiz" deyiladi xabarda.






