AsosiyDunyo

Rossiyada virusning yangi shakllari ko`paymoqda. Vaksina endi ta`sir qilmaydimi? Bu yil ruslar yangi yilni qanday nishonlashadi?

'Rossiyada virusning yangi shakllari ko`paymoqda. Vaksina endi ta`sir qilmaydimi? Bu yil ruslar  yangi yilni qanday nishonlashadi?'ning rasmi

platforma.uz bergan ma`lumotga ko`ra, Rossiyada koronavirus mutasiyaga kirishib, yangicha shakllarda uchramoqda ekan. 

Kasallikka chalinayotganlar va vafot etayotganlar soni bahordagi ko`rsatkichlardan ancha yuqori. Shu sabab ilgari faoliyatini to`xtatgan COVID-19 shifoxonalari yana ish boshlagan. Moskvada har kuni o`rtacha 70dan ziyod odam virus oqibatida vafot etyapti.  

Koronavirusning mutasiyaga kirishganligi tufayli Rossiyada ishlab chiqilgan vaksinalar samaradorligi yuzasidan savollar tug`ilyapti. Xo`sh, endi vaksinalar odamlarni himoya qila olmaydimi? "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan vaksinalar virus yangicha shaklga kirganida ham samaradorlikni saqlab qoladi, deyishmoqda ishlab chiqaruvchilar.

Koronavirus bilan bog`liq vaziyat yana qaltislashgani bois Rossiyadagi umumta`lim maktablarida masofaviy ta`lim shu yilning 6 dekabriga qadar uzaytirildi.

Har yili 31 dekabr kuni Moskvada Yangi yil kirib kelishi o`zgacha shodiyonada nishonlanardi. Odamlar tunni ko`cha-ko`y, restoran va barlarda o`tkazishardi. Bu yil endi unday bayramlar bo`lmaydi. Shahar meri Sergey Sobyanin 31 dekabr kuni hamma uyida o`tirishini belgilab qo`ydi.

 

 

    Boshqa yangiliklar