Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ ma`lum qildi. Insonparvarlik yordami O`zbekiston Respublikasi Prezidentining birodar qirg`iz xalqiga do`stona yordami yo`lida tashkil etilgan.
Joriy yil 17 noyabr kuni uch ming tonna bug`doy ortilgan poezd Andijon shahrining «Andijon» temir yo`l bekatiga etib keldi va "O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida Qirg`izistonning O`sh shahriga yo`l oladi.






