Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi haydovchilarni yomon ob-havo kuzatiladigan kunlari ehtiyot bo`lishga chorlayapti.
2020 yil 18-20 noyabr kunlari respublikamiz hududida qor va yomg`ir yog`ishi kutilmoqda.
Tog`li hududlarda qor yog`ib, ayrim joylarida kuchayishi mumkin.
Shamol tezligi 15-20 m/s bo`lishi kutilmoqda.
Harorat pasayib, kechasi 8-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.
"Haydovchilar yo`llarda oraliq masofani saqlang. E`tiborli bo`lib, o`zingizni asrang", deyiladi xabarda.






