Marg`ilon shahri. 29 oktyabr kuni Sholdirma MFY hududdida yashovchi fuqaro N.T. IIBga murojaat qilib, unda 28 oktyabr kunidan 29 oktyabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, hovlisida bo`lgan “Nexia-3” rusumli avtomashinasi salonidan 1.400.000 so`m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni M.A. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. | |
17.11.2020 21:38
Farg`onada xonadonda turgan avtomashina salonidan pul o`g`irlagan shaxs aniqlandi
