AsosiyJamiyat

Andijonda bozorda sodir bo`lgan yong`in qutqaruvchilar yordamida o`chirildi (video)

'Andijonda bozorda sodir bo`lgan yong`in qutqaruvchilar yordamida o`chirildi (video)'ning rasmi

Bugun 17 noyabrda Andijon viloyatining Andijon tumani markaziy bozorida yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV rasmiy kanali xabar berdi.

Yong`in soat 21:30 larda boshlangan bo`lsa, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boshqarmasining 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 3-4 daqiqada etib kelishdi.

Kuchli alangani yarim soat ichida o`chirishga erishildi. 22.00 larda olov o`chirilib, uning etkazgan ziyoni tahlil qilindi. Bozorda bir-biriga yaqin joylashgan do`konlardan bir nechtasi yongan. Hodisa qurbonlarsiz va yaradorlarsiz yakunlandi.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari samarsida bozorning bir necha kv metr hududi yong`indan asrab qolindi. Video:

    Boshqa yangiliklar