AsosiyDunyo

Boyliklari bilan Ilon Mask "Facebook" asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi

'Boyliklari bilan Ilon Mask "Facebook" asoschisi Mark Sukerbergni ortda qoldirdi'ning rasmi

"Bloomberg" talqiniga ko`ra, "Tesla" va "Space X" kompaniyalari rahbari Ilon Mask dunyoning eng boy uchinchi odamiga aylandi. Bu haqda O`z A xabar berdi.

 

 Qayd etilishicha, joriy yilning noyabr holatiga ko`ra, Maskning boyligi 120 milliard dollarga, Sukerbergning boyligi esa 103 milliard dollarga etgan.

 Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, "Tesla" aksiyalarining 10 foizga o`sgani sababli Maskning boyligi bir kunda 10,2 milliard dollarga ko`paygan.  

 Boyligi 183 milliard dollarga etgan "Amazon" kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos  dunyoning eng davlatmand odamlar reytingida karvonboshilik qilmoqda.

 Undan keyingi o`rinda "Microsoft" asoschisi Bill Geyts 128 milliard dollar mablag`i bilan reytingning keyingi pog`onasini egallagan.  

    Boshqa yangiliklar