“Manchester Siti” jamoasi yarim himoyachisi Yaya Ture yozda faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ture yozda “shaharliklar”ni tark etadi. Unga Xitoyning “Szyansu Saynti” tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Bu klub Yaya Turega yiliga 13 million evro maosh berishni rejalashtirgan.





