1

O`zbekistonda hindlar tomonidan “Bobur” seriali suratga olinadi

Madaniyat 27.11.2020, 16:03
O`zbekistonda hindlar tomonidan “Bobur” seriali suratga olinadi

“O`zbekkino” Milliy agentligida Hindistonning “WINGSPAN group” kompaniyasi tomonidan “Bobur” serialini O`zbekistonda suratga olish bo`yicha agentlik bilan memorandum imzolandi.  Bu haqda  “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Endilikda hind kinoijodkorlari tomonidan O`zbekistonning Farg`ona, Samarqand, Buxoro, Xiva hududlarida suratga olish ishlari bo`lib o`tadi. “WINGSPAN group” kompaniyasi vakillari Tasnim Udaypurvala, Neraj Rati hamda Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o`rtasida memorandum imzolandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2019 yil 13 avgustdagi PF-5781-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 sentyabrdagi 568-son qaroriga muvofiq, hind kinoijodkorlari uchun “rebate” tizimi joriy etiladi.

“Bobur” serialida Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik va o`smirlik davri, Boburning Afg`onistondagi hukmronligi, hindlar tomon yurishi, Boburiylar sulolasiga asos solishi, adabiyot olamida tutgan o`rni va hind diyorida amalga oshirgan islohotlari haqida hikoya qilinadi.  

Mazkur serial shoh va shoir, jamoat arbobi Bobur shaxsini dunyoga tanitishda, shuningdek, serialning mamlakatimiz hududida suratga olinishi O`zbekistonning turizm salohiyatini ko`tarishda, xalqlararo madaniy aloqalar, do`stlik munosabatlarining yaxshilanishiga turtki bo`ladi.  

Serialning mamlakatimizda tasvirga olish ishlari joriy yilning dekabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1