Diniy aqidaparastlik g`oyalarini internet orqali tarqatgan yigitga jazo tayinlandi. Kattaqo`rg`onlik 25 yoshli sudlanuvchi internetda "odnoklassik.ru" saytida o`zining nomiga profil ochib, diniy aqidaparstlik g`oyalariga yo`g`rilgan, maxsus nomlangan video-ma`ruzani virtual olamga tarqatgan. " Internetda diniy ma`ruzalar eshitish maqsadida qarayotgandim, video-ma`ruza kelib qoldi. Oddiy diniy ma`ruza bo`lsa kerak deb ochdim. Shubhali ma`ruza deb o`ylamagandim. Xayolimga ham kelmagandi, hatto. "Layk" bosdim." Sudlanuvchining so`zlariga ko`ra, saytning yangi foydalanuvchisi bo`lgan, "layk" bosish orqali uni tarmoqdagi qanchadan qancha odamlarga tarqatayotganini o`zi ham bilmagan. Bu haqda Samrqand viloyati ichki ishlar axborot xizmati xabar berdi.
"Yashnaobod tumani ichki ishlar xodimlari menga sms jo`natishdi. Kelib, nazoratdan o`tib ketishingizni so`raymiz, degan mazmunda. Qilgan ishimni, ichki ishlar bo`limiga kelib bildim. Ungacha bilmagandim ."-deydi sudlanuvchi.
Unga qo`yilgan ayblovlarga ko`ra, u bu harakati bilan yurtimizdagi ko`plab yoshlarning ongini zaharlashga uringan. Mirobod tumanidagi mahallalarning birida jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tumani sudyasi Rustam Rahmonov raisligida o`tgan sayyor sudda kattaqo`rg`onlik sudlanuvchining jinoiy ishi ko`rib chiqildi.Unga nisbatan tegishli jazo belgilandi.Sud insonparvarlik tamoyillarini, uning o`z qilmishlaridan pushaymonligini inobatga oldi. O`zi yashaydigan mahalla, yoshlar ittifoqi kafilligi bilan jazosi shartli belgilandi. Sud uni 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.