Qaynoq nuqtadan bo`lgan bolaning surati ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi.
Argentina terma jamoasining jersisini eslatuvchi futbolkani polietilen paketdan yasab, kiyib olgan bolakay surati turk ishqibozlari bloglarida paydo bo`ldi va bir zumda butun dunyoga tarqaldi.
Dahuk shahrida yashovchi kichkintoyga Messining haqiqiy futbolkasini sovg`a qilish maqsadida Tvitter foydalanuvchilari kampaniya yo`lga qo`yishdi.
Bleacher Report nashrining xabar berishicha, fleshmobdan argentinalik futbolchining o`zi ham xabar topgan va bolakayga yordam qilish istagini bildirgan, biroq bolaning yashash joyini aniqlash qiyin kechadi.






