AsosiySport

Namanganda ikki erkakni do`pposlagani bilan tanilgan qiz O`zbekiston chempioni bo`ldi

'Namanganda ikki erkakni do`pposlagani bilan tanilgan qiz O`zbekiston chempioni bo`ldi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida taekvondo VT bo`yicha kattalar o`rtasida mamlakat chempionati o`z yakuniga etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

Musobaqaning so`nggi kunida 4ta vazn toifasida g`oliblar ma`lum bo`ldi. Ularda etakchi sportchilarimiz g`oliblikni tantana qilishdi. G`oliblar orasida bir muddat avval Namanganda ikki erkakni do`pposlagani shov-shuv bo`lib ketgan qiz Gulsanam Alijonova ham bo`lib, u 73 kg. vaznlilar o`rtasida oltin medalni qo`lga kiritib, O`zbekiston chempioni bo`ldi.

Barcha g`oliblar:

-53kg

Oltin - Charos Qayumova (O`zbekiston terma jamoasi)

Kumush - Madina Qurbonalieva (Toshkent viloyati)

Bronza - Zarnigor Abdullaeva (Surxondaryo)

Bronza - Umidaxon Hasanova (Namangan)

-73kg

Oltin - Gulsanam Alijonova (O`zbekiston terma jamoasi)

Kumush - Diyora G`afforxo`jaeva (O`zbekiston terma jamoasi)

Bronza - Fotima Xolmirzaeva (Jizzax)

Bronza - Saodatbegim Alieva (Samarqand)

-68kg

Oltin - Jasurbek Jaysunov (O`zbekiston terma jamoasi)

Kumush - Sardor Toirov (O`zbekiston terma jamoasi)

Bronza - Abdullajon Shomurodov (Jizzax)

Bronza - Najmiddin Qosimxo`jaev (Surxondaryo)

-80kg

Oltin - Nikita Rafalovich (O`zbekiston terma jamoasi)

Kumush - Shahzod Jo`raev (Toshkent shahri)

Bronza - Azizbek Abduqodirov (Navoiy)

Bronza - Doniyor Rahimov (Buxoro)

Eslatib o`tamiz, joriy yil 25 iyun kuni 23 yoshli Gulsanam Alijonova ikki erkakni do`pposlagan. Shundan so`ng, sportchi qiz bu voqae qanday va nima uchun bo`lganini gapirib berdi. Shundan so`ng, holat yuzasidan Gulsanamga nisbatan ochilgan jinoyat ishi Yoshlar ishlari agentligi kafilligi bilan tugatilgan edi

 

    Boshqa yangiliklar