1

Shavkat Mirziyoev Elboshini tabrikladi

Siyosat 01.12.2020, 11:51
Shavkat Mirziyoev Elboshini tabrikladi

Qozog`iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuni munosabati bilan Nursulton Nazarboevga  turli davlatlardan tabrik xatlari va telegrammalari jo`natildi. Bu haqda elbasy.uz xabar bermoqda.

Tabriklar xorijiy davlatlar rahbarlari, sobiq prezidentlar va hukumat rahbarlari, shuningdek, siyosatchilar, yaqin va uzoq xorijdagi biznes vakillari tomonidan yuborilgan.

Tabrik yo`llaganlar orasida O`zbekiston Prezidenti ham bor. Shavkat Mirziyoev o`z tabrigida Elboshiga sihat-salomatlik, mamlakat farovonligi yo`lidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog`iston xalqiga esa tinchlik, farovonlik, barqaror rivojlanish tilagan.

- Birinchi Prezident kuni - ko`p millatli Qozog`iston xalqining tinchlik va barqarorlik, millat birligi va hamjihatligining o`ziga xos ramzi. Siz mamlakat rahbari, suveren Qozog`istonning misli ko`rilmagan yutuqlarga erishtirgan samarali islohotlarning asoschisi, dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan global tashabbuslarning muallifi, tajribali va taniqli siyosatchi, xalqiga va Vataniga xizmat qilishni muqaddas burch deb biladigan fidoyi rahbar sifatida katta hurmat va e`tirofga sazovor bo`ldingiz, deb yozadi Sh. Mirziyoev o`z tabrigida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1