1

18 yil ilgari namoyishi to`xtatib qo`yilgan «Mahmudxo`ja Behbudiy» filmining yopiq namoyishi bo`lib o`tdi

Madaniyat 01.12.2020, 20:12
18 yil ilgari namoyishi to`xtatib qo`yilgan «Mahmudxo`ja Behbudiy» filmining yopiq namoyishi bo`lib o`tdi

1 dekabr kuni «O`zbekkino» MAda Agentlik buyurtmasiga binoan «Inson-kinostudiyasi» MChJ tomonidan suratga olingan “Mahmudxo`ja Behbudiy” badiiy filmining yopiq premerasi bo`lib  o`tdi.  Bu haqda “O`zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma`lum qildi.

Film taniqli dramaturg, publisist, jamoat arbobi, jadidchilik harakati etakchilaridan biri Behbudiy haqida bo`lib, bundan 18 yil ilgari buyuk alloma haqida suratga olingan badiiy filmning namoyishi ba`zi sabablarga ko`ra to`xtatilgan edi.  Oradan vaqt o`tib, mazkur badiiy film ustida qayta ishlanib, qo`shimcha tasvirga olish ishlari amalga oshirildi. “Mahmudxo`ja Behbudiy” badiiy filmi buyuk ma`rifatparvar adib tavalludining 145 yilligiga bag`ishlab suratga olingan.

Ssenariy mualliflari Baqo Sodiqov va Ulug`bek Sodiqov, rejissyor Baqo Sodiqov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirrajabova, postanovkachi operator Ravshan Musaev, kartina direktori Fayziraxmon Usmonov.

Filmda rollarni Faxriddin Shamsimatov, Afzal Rafiqov, Yayra Abdullaeva, Obid Yunusov, Mahmud Ismoilov, Furqat Fayziev, Saidkomil Umarov, Ubaydullo Omon kabi mahoratli aktyorlar ijro qilishgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1